: A A A
2019 yil - "Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili"

18.02.2019 09:39:00

2019 yil - "Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili"

Barchamizga ma’lumki, muhtaram Prezidentimiz tomonidan 2018 yil 28 dekabr kuni Oliy Majlisga qilgan murojaatnomasida 2019 yilga “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili” deb nom berildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 17 yanvardagi PF-5635-sonli Farmoni bilan 2017-2021 yillarda Ozbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yonalishi boyicha Harakatlar strategiyasini «Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili»da amalga oshirishga oid davlat dasturi tasdiqlandi.
Ushbu dasturda 2017-2021 yillarda Ozbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yonalishi boyicha Harakatlar strategiyasi ijrosini taminlash, hamda Ozbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 28 dekabrdagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida belgilangan vazifalarni amalga oshirish uchun moljallangan bir necha ustuvor yonalishlar iborat bolib, jumladan:
- davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirish sohasida — parlamentning muhim qarorlar qabul qilish va qonunlar ijrosini nazorat etish faoliyatini kuchaytirish, ijro etuvchi hokimiyat tizimini optimallashtirish, mamuriy islohotlarni davom ettirish, davlat boshqaruvida zamonaviy menejment uslublarini keng qollash, davlat xizmatlarini rivojlantirish, davlat xizmatiga malakali mutaxassislarni jalb etishga qaratilgan yagona kadrlar siyosatini shakllantirish, mahalliy davlat hokimiyati organlarining vakolat va masuliyatini qayta korib chiqish, ularning mustaqilligini oshirish belgilangan;
- qonun ustuvorligini taminlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilish sohasida sud hokimiyatining haqiqiy mustaqilligiga erishish, aholi tinchligi, xavfsizligini va qonuniylikni taminlash, jinoyatchilikning barvaqt oldini olish boyicha zarur choralar korish, jinoyat qonunchiligini takomillashtirish va liberallashtirish belgilangan;
- iqtisodiyotni rivojlantirish va investitsiyalarni faol jalb etish sohasida makroiqtisodiy barqarorlikni taminlash, soglom raqobat uchun zarur sharoitlarni yaratish, ishbilarmonlik va investitsiya muhitini tubdan yaxshilash, iqtisodiyotda davlat ishtirokini jiddiy ravishda kamaytirish, yuqori iqtisodiy osish suratlarini saqlab qolish, xufyona iqtisodiyotga qarshi kurashish va uning ulushini keskin qisqartirish, valyuta siyosatini erkinlashtirishni davom ettirish belgilangan;
- ijtimoiy rivojlanish sohasida aholi ortasida ishsizlikni kamaytirish, odamlarning daromadlarini oshirish, fan va uzluksiz talimni rivojlantirish, tibbiy xizmatlar sifatini yaxshilash va ular bilan aholini qamrab olishni kengaytirish, xotin-qizlar va yoshlarni ijtimoiy qollab-quvvatlashni kuchaytirish, odamlarning turmush sharoitlarini yaxshilash, ularni munosib turar joy bilan taminlash va farovonligini oshirish, jamiyatda soglom turmush tarzini qaror toptirish, jismoniy tarbiya va sportni yanada ommalashtirish, turizmni rivojlantirish belgilangan;
- xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bagrikenglikni taminlash, shuningdek tashqi siyosat sohasida mamlakatimiz mudofaa qudratini oshirish, Ozbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining salohiyatini mustahkamlash, milliy mudofaa sanoati kompleksini shakllantirish, ekologik xavfsizlikni taminlash, suv va boshqa tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, ochiqlik, ozaro teng va manfaatli hamkorlik tamoyillariga asoslangan tashqi siyosiy faoliyat samaradorligini yanada oshirish belgilangan.
Barcha yonalishlar boyicha belgilangan chora-tadbirlarni amalga oshirish umumiy qiymati 16,9 trillion som va 8,1 milliard AQSh dollariga teng loyihalarni amalga oshirishni nazarda tutilgan.
Shundan,
- davlat byudjeti va davlat maqsadli jamgarmalari mablaglari hisobidan 14,0 trl.som va 5,2 mln.AQSh dollari;
- Ijrochi va xayriya tashkilotlari mablaglari hisobidan 2,5 trl.som va 4,1 mlrd. AQSh dollari;
- Xalqaro tashkilotlar, moliya institutlari mablaglari va begaraz yordamlar hisobidan 458,2 mlrd.som va 3,9 mlrd.AQSh dollari.
Ushbu dasturning ahamiyatli jihati shundaki, mazkur Farmon bilan dasturda belgilangan vazifalarni bajarilishini taminlash uchun hududlarga Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, Vazirlar Mahkamasi mansabdor shaxslari, vazirlik va idoralar rahbarlari hamda Ozbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari masul etib biriktirildi, shunindek, Ozbekiston Respublikasining xalqaro reytinglardagi va alohida tarkibiy indikatorlardagi ornini yaxshilash uchun vazirlik va idoralardan ham masullar royxati tasdiqlandi.
Mazkur dasturning Ijtimoiy rivojlanish sohasiga etibor qaratadigan bolsak, quyidagi yonalishlar boyicha alohida-alohida vazifalar belgilandi, yani:
- Aholi bandligi va real daromadlarini izchil oshirish;
- Aholini ijtimoiy himoya qilish va sogliqni saqlash tizimini takomillashtirish, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish;
- Arzon uy-joylar barpo etish boyicha maqsadli dasturlarni amalga oshirish, aholining hayot sharoitlari yaxshilanishini taminlovchi yol-transport, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish hamda modernizatsiya qilish;
- Madaniyat, sport va turizmni yanada rivojlantirish;
- Talim va fan sohasini rivojlantirish;
- Yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish;
Agar bu sohaga joriy yilda yonaltiriladigan mablaglarni sarhisob qilsak, dasturda belgilangan mablaglarning katta qismi shu sohani isloh qilishga yonaltirilgan.
Albatta, dasturda belgilangan har bir vazifani ijrosini taminlash boyicha masullar biriktirilgan deb biz chetda qolishimiz, yani tomoshabin bolib turmasdan, dasturda belgilangan har bir vazifaning oz vaqtida, manzilli, maqsadli va sifatli ijro etilishini taminlash uchun muhtaram Prezidentimizga kamarbasta bolishimiz zarur.
Zero, yaxshi ezgu niyatlarda amalga oshirilayotgan islohotlarning barchasi yurtimiz tinchligi, vatanimiz ravnaqi va xalqimiz farovonligini yanada oshirish uchun xizmat qiladi.


Ro`yxatga qaytish