: A A A
"Butunjahon internet tarmog'ida axborot xavfsizligini yanada takomillashtirish" to'g''risida

15.02.2019 14:30:00

"Butunjahon internet tarmog'ida axborot xavfsizligini yanada takomillashtirish" to'g''risida

Butunjahon Internet tarmog‘ida axborot xavfsizligini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari togrisidagi Vazirlar Mahkamasining 05.09.2018 yildagi 707 sonli qarori qabul qilindi.
Qaror bilan Ozbekiston Respublikasi Qonunchiligi bilan tarqatilishi taqiqlangan axborot mavjud bolgan Internet tarmogi veb-saytidan va (yoki) veb-sayt sahifalaridan foydalanishni cheklash tartibi togrisidagi nizom tasdiqlandi.
Nizomga kora ta’qiqlangan axborot mavjud bolgan butunjahon Internet tarmogidagi axborot resurslari reyestri yuritiladi. Ushbu Reyestrga kiritilgan axborot resurslaridan foydalanish cheklanadi.
Internetdagi axborot resurslaridan foydalanishni cheklash uch bosqichda amalga oshiriladi.
Birinchi bosqichda, taqiqlangan axborot mavjud bolgan resurslarni aniqlanadi. Ushbu bosqichdagi harakatlar ommaviy kommunikatsiyalar sohasidagi monitoring markazi tomonidan amalga oshiriladi. Markazga yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan belgilangan tartibda kelib tushgan murojaatlar ham monitoring olib borishga asos boladi.
Monitoring natijasida taqiqlangan axborot mavjud bolgan Internet tarmogi axborot resursi aniqlangan taqdirda Markaz bu boyicha xulosa tayyorlaydi.
Ikkinchi bosqichda axborot resursi Reyestrga kiritiladi. Reyestrga kiritish uchun Ommaviy kommunikatsiyalar sohasidagi monitoring markazining xulosasi hamda Ommaviy kommunikatsiyalar sohasidagi Ekspert komissiyasinig qarori asos boladi.
Uchinchi bosqichda vakolatli organ - Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan internet tarmogidagi axborot resurslarini cheklash boyicha tashkiliy texnik tadbirlar amalga oshiriladi.
Eslatib otish lozim, qonunchilikka muvofiq veb-saytning va (yoki) veb-sayt sahifasining egasi, shu jumladan bloger tomonidan veb-saytda va (yoki) veb-sayt sahifasida quyidagi axborotlarni tarqatish, ushbu resursni cheklanishiga olib keladi:
Ozbekiston Respublikasining mavjud konstitutsiyaviy tuzumini, hududiy yaxlitligini zorlik bilan ozgartirishga davat etish;
-urush, zoravonlik va terrorizmni, shuningdek diniy ekstremizm, separatizm va fundamentalizm goyalarini targib qilish;
-davlat siri bolgan malumotlarni yoki qonun bilan qoriqlanadigan boshqa sirni oshkor etish;
-milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovat qozgatuvchi, shuningdek fuqarolarning shani va qadr-qimmatiga yoki ishchanlik obrosiga putur yetkazuvchi, ularning shaxsiy hayotiga aralashishga yol qoyuvchi axborotni tarqatish;
-giyovandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni targib qilish;
-pornografiyani targib qilish.
Veb-saytning va (yoki) veb-sayt sahifasining egasi, shu jumladan bloger veb-saytga va (yoki) veb-sayt sahifasiga axborotni joylashtirishdan avval uning togriligini tekshirishi, shuningdek joylashtirilgan axborotning notogriligi aniqlangan taqdirda uni darhol ochirib tashlashi shart.


Ro`yxatga qaytish