: A A A
Kimyoviy tahlil - uskunalarning betalofat ishlash garovidir.

13.02.2019 15:24:00

Kimyoviy tahlil - uskunalarning betalofat ishlash garovidir.

«Sirdaryo IES» AJ Issiqlik elektr stantsiyasida ish jarayonini kimyoviy tahlil natijalarisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Issiqlik avtomatikasi va olchovlar sexida “Kimyoviy tahlil” guruhi 1976 yildan buyon faoliyat korsatib kelmoqda. Qozonlarimizda aylanadigan distillat chuchuk suv tarkibidagi kislorod me’yoridan oshib ketishi suv quvurlarining barvaqt yemirilishiga, bu esa stantsiya uchun qoshimcha sarf-xarajatlarga olib keladi.
Katta tezlikda aylanadigan generator uskunasidan vodorod bazi sabablarga kora chiqishi, uning katta miqdorda yigilib havo oqimi bilan reaktsiyaga kirishi yomon oqibatlarga olib keladi. Shuning uchun generator podshipniklaridan sizib chiqayotgan vodorod miqdorini aniqlash uskunasi ornatilgan. Ilgarilari kimyoviy tahlil uchun inson mehnati, kimyoviy reagentlar, vaqt talab qiladigan ishlar hozirgi kunda modernizatsiya tufayli AXK (Avtoximkontrol) uskunasi yordamida, barcha korsatkichlar avtomatik tarzda taxlil va nazorat qilinmoqda. Tabiatni muhofaza qilish maqsadida stantsiya chiqindi suvlarini kimyoviy holatini nazorat qilish uchun RN metr uskunasi taklif etilgan innovatsion goyaga asosan, yangi zamonaviy uskunaga almashtirildi. Guruh azolari oquv mashgulotlari vaqtida Mendeleyev davriy jadvalini chuqur organishmoqda. Bu ishda ularga kimyo sexining muhandis xodimlari yaqindan yordam berib kelmoqda.
Ushbu nazorat olchov vositalarini aniq ishlashini taminlash maqsadida, belgilangan jadval asosida tamirlash va profilaktika ishlari olib boriladi. Bu borada guruhda ozini uzoq mehnat tajribasiga ega bolgan Roziqov Baxtiyor Boymatovich yoshlarga ornak bolib kelmoqda.


Ro`yxatga qaytish