: A A A
O'zbekistonda Energetika vazirligi tashkil etildi

07.02.2019 14:30:00

O'zbekistonda Energetika vazirligi tashkil etildi

Mamlakatimizda energetika sohasini yanada isloh qilish, elektr va issiqlik energiyasi, tabiiy gaz, suvdan (keyingi o‘rinlarda — energiya resurslari deb yuritiladi) oqilona foydalanishni ta’minlash, shuningdek, tolov intizomini mustahkamlash choralari korilmoqda.
Shu bilan birga, energiya resurslari istemolining samaradorligini monitoring qilishning tasirchan tizimi, shuningdek, davlat va xojalik boshqaruvi organlari, davlat korxonalari, muassasalari va tashkilotlarida zamonaviy energiya tejaydigan texnologiyalarni joriy etish boyicha xizmatlarning mavjud emasligi energiya resurslari xarajatlarini maqbullashtirish imkonini bermayapti.
Davlat organlari va tashkilotlari tomonidan 2015 2019 yillarda iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada energiya sarfi hajmini qisqartirish, energiya tejaydigan texnologiyalarni joriy etish chora-tadbirlari dasturini bajarish boyicha ishlar lozim darajada tashkil etilmagan.
Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning farmoni bilan Ozbekistonda yangi organ - Energetika vazirligi tashkil etildi. Umuman olganda energetika tarmogida davlat boshqaruvini tashkil etishda qator tizimli muammolar mavjudligi belgilangan islohotlarni samarali amalga oshirish va mamlakatni innovatsion jadal rivojlantirish uchun Energetika vazirligi tashkil etildi.
Energetika vazirligi «Ozbekenergo», Ozbekneftgaz va Ozbekgidroenergo kompaniyalarining birlashtirdi. Ozbekistonda energetika sohasini rivojlantirish va moliyaviy barqarorligini taminlashni jadallashtirish kozda tutilmoqda.
Shu qatorda elekt energiyasini ishlab chiqarishda yangi iqtisodiy barqaror ishlaydigan, modernizatsiya qilingan texnologiyalar bilan taminlanadi. Yangi texnologiyalarni organish va ishlatish uchun prezidentimiz yoshlarni yetuk oz ishini ustasi bolishi uchun chet ellarda taqsil olishiga yul ochib bermoqdalar. Biz yoshlar yangi texnologiyalar bilan tanishib ish jarayonlarida qatnashib oz malakalarimizni oshirib kelmoqdamiz.


Ro`yxatga qaytish