: A A A
Metallar labaratoriyasi tsexining tarixi va faoliyati

07.02.2019 14:25:00

Metallar labaratoriyasi tsexining tarixi va faoliyati

Shiddat bilan rivojlanayotgan davlatlar, hozirgi kunda eng katta e’tiborini iqtisodiy rivojlanish va muqobil energetikani rivojlantirish, xususan energetika sohasini rivojlantirish maqsadida yangiliklar, sarmoyalar, nou-xaular, innovatsion g‘oyalar olib kirishmoqda. Xususan Respublikamizda energetika sohasiga juda katta etibor berilmoqda. Shuni aytish joizki, Respublikamiz tarixida ilk bora Atom elektr stantsiyasini qurilishi, Prezidentimizning bu sohaga etiborlari juda katta ekanini korsatadi. Elektr stantsiyalar qurilishi davlatimizni va xalqimizni elektr energiyaga bolgan talabini toliq taminlaydi.
Sirdaryo issiqlik elektr stantsiyamizda ham birinchi energoblok 1972 yil ishga tushirilgan va eng oxirgi oninchi energoblok 1981 yil ishga tushgandan song toliq quvvat, yani 3000 MVtga yetdi. Shu otgan vaqt mobaynida stantsiyamiz 600 milliarddan ortiq KVt/s elektr energiya ishlab chiqarildi. Energobloklarimizning asosiy qurilmalaridan bu qora metalldan tayyorlangan qozon bug quvurlari, turbina parrakchalari, asosiy va qoshimcha uskunalarning harakatlanuvchi mexanizmlarini mustaxkam ishlashini taminlash maqsadida. 1971 yili Metallar laboratoriyasi sexi oz ish faoliyatini boshlagan. Metallar laboratoriyasi sexining asosiy ish faoliyati energobloklardagi asosiy va qoshimcha uskunalarning qora metall bilan bogliq bolgan nuqsonlarni aniqlash va ularni sifatli bartaraf etilishini taminlash hisoblanadi. Tsexda qora metalldan tayyorlangan, energobloklarning asosiy qurilmalaridan nuqson aniqlovchi uskunalar mavjud. Ulardan eng asosiylari - UD2-70 (ultra tovushli nuqson aniqlovchi uskuna), TUZ -2 (ultra tovushli metallning qalinligini olchovchi uskuna), MPD (quyma metallardan magnit yordamida yoriqlarni aniqlash), SD (rangli nuqson qidirish), TDM -2 (metallarning qattiqligini aniqlovchi uskuna), Stilaskop (qora metallarning tarkibini aniqlovchi uskuna). Metallar laboratoriyasi sexi “Sanoatgeotexnazorat” DI tomonidan berilgan litsenziya va attestatsiyasi asosida oz faoliyatini olib boradi. Yuqorida aytib otilgan uskunalarni ishlatish uchun esa maxsus oquv markazida bilim olib, maxsus guvoxnomaga ega bolishi shart. Metallar laboratoriyasi tsexida 12 nafar xodim ish faoliyatini olib boradi.
Metallar laboratoriyasi sexida uzoq yillar mobaynida mehnat qilgan faxriy ustozlardan soralganida hozirda nafaqa gashtini surayotgan Xanipov Shamil Shaxidovich tilga olinadi. Xanipov Shamil Shaxidovich 1975 yili metallar laboratoriyasida defektoskopist lavozimida ish boshlagan.
2006 yildan 2013 yilgacha metallar laboratoriyasi boshliq lavozimida ish
olib borgan va juda kop yosh kadrlarga kasb sirlarini orgatgan.
Xanipov Shamil Shaxidovich hozirgi kunda oz ish faoliyatlarini olib borayotgan muhandislar- I.Rozikov, X.Turabekov, G. Nishanov kabi oz ishining ustalariga ustozlik qilgan. Jamoada bir necha yildan buyon bug quvurlari buyicha muhandis I. Rozikov nuqson qidiruvchilar muhandisi
X. Torabekov, muhandis metallshunos G. Nishanov, muhandis S.Xolnazarovlar
ahl bolib mehnat qilishmoqda. Korxonada metalldagi nuqsonlarni aniqlashda bir necha yillik tajribaga ega bolgan nuqson qidiruvchilar guruxidagi B. Asqarov, K. Shayxuddinov, Sh. Saliyevlarni, katta hissasi bor. Metallar laboratoriyasi sexi 1971 yil tashkil qilingan bolib, ushbu tsexning stantsiyada oz orni bor.


Ro`yxatga qaytish