: A A A
Sirdaryo IES AJda atrof muhitni muhofoza qilish va uning ekologik jihatdan tozaligini saqlash maqsadida Yoshlar-EKO hashari amalga oshirildi.

12.02.2019 15:00:00

Sirdaryo IES AJda atrof muhitni muhofoza qilish va uning ekologik jihatdan tozaligini saqlash maqsadida Yoshlar-EKO hashari amalga oshirildi.

2019 yil 4 fevral kuni “Sirdaryo IES” Aktsiyadorlik jamiyatida atrof muhitni muhofoza qilish va uning ekologik jihatdan tozaligini saqlash maqsadida Yoshlar-EKO hashari amalga oshirildi.
Ushbu hasharda Sirdaryo IES AJning elektr sexi, issiqlik avtomatikasi va o‘lchovlari sexi, markaziy ta’mirlash sexi, issiq suv taminoti sexi va gidro texnik xizmatining yosh ishchi-xodimlari oz tashabbuslari bilan atrof muhitni obodonlashtirish ishlariga bel bogladilar.
Hasharda korxonaga kirib kelishdagi archazor atroflari tozalandi va gul uruglari ekildi.
Hasharda korxona yoshlari bilan ochiq muloqat tarzidagi davra suxbati tashkil etildi va ushbu yigilishda korxonaning Yoshlar ittifoqi Boshlangich tashkiloti yetakchisi, Bosh direktorning yoshlar masalalari boyicha orinbosari D.B.Mamurov sozga chiqib, atrof muhitni toza va ozoda saqlashni korxonadan, oiladan boshlash kerakligi, obodonlashtirish va kokalamzorlashtirish ishlarida biz yoshlar hamisha ildam bolmogimiz kerakligi, keksalarga hurmatda bolib hamisha ularning duosini olmogimiz kerakligi va shundayin ezgu ishlarda bardavom etmogimiz kerakligini va keyingi avlodlarga ornak bolib ekologik muhitni yaxshilashimiz zarur deya takidlab otdi.
Shundan song korxonaning ishlab chiqarishni sozlash va texnik hisob-kitob bolimining atrof muhitni muhofoza qilish laboratoriyasi yetakchi muhandisi X.Sh.Usmonaliyev ham sozga chiqib, yoshlarga qarata - bugungi kunda atrof muhitni ekologik jihatdan shaffofligini taminlash hamda turli zararli tutun va gaz islaridan tabiatni muhofoza qilish zarurligini gapirib otdi. Shahrimizdagi uylar atrofidagi maishiy chiqindilarni, mahsus chiqindi qutilariga tashlash zarurligi va qurigan daraxtlar ornini yangi nixollar bilan almashtirishni yanada jonlantirish kerakligini aloxida takidlab otdi.
Bildirilgan fikr va mulohazalardan song, mavzuga doir Har bir yoshga bir nihol-ekologiya va yoshlar nomli video lavha namoyish etildi. Shundan song, bir necha yoshlar, ushbu mavzuga oz qarashlari va fikrlarini bildirib otdilar.
Hashar doirasidagi eko-hashar davom etmoqda.


Ro`yxatga qaytish