: A A A
Obod shaharga hashar yarashar

11.02.2019 11:31:00

Obod shaharga hashar yarashar

Respublikamizning energetika tizimida o‘zining yuksak mavqeiga ega bolgan Sirdaryo issiqlik elektr stantsiyasi ishchi xodimlari hukumatimiz tomonidan olib borilayotgan islohotlardan ruhlangan xolda oz oldiga quyilgan vazifalarni bajarib kelmoqda. Respublikamizni sifatli elektr energiyasi bilan uzluksiz ta’minlash bilan birga mamlakatimiz boylab otkazilayotgan turli tadbirlar va umumxalk hasharlarida ishtirok etmoqda. Bunday xayrli ishlarda elektr sexining faol ishtiroki xakida katta usta B.Abdulatipov kuyidagilarni bildirdi. Joriy yilning 26 yanvar kuni shahrimizni ozoda va korkam qiyofaga keltirish maqsadida otkazilgan umumxalk hasharida elektr sexi xam faol katnashdi. Shahrimizning Farxod mahallasidagi 2-umumtalim maktabi atrofini chiqindilardan tozalash, daraxt shoxlariga shakl berish va obodonlashtirish ishlari bajarildi. Buning uchun maktab mamuriyati seximiz raxbariyatiga oz minnatdorchiligini bildirdi. Yana bir guruh ishchi xodimlarimiz Ahillik kochasidagi kop qavatli uylar atrofini kurkam qiyofaga keltirish va obodonlashtirish ishlari bilan shugullanishdi. Bu ezgu ishlarni bajarishda seximiz raxbariyati vakillari bosh qosh bolib turishdi. Bundan tashqari 220kV va 500kVli ochik taqsimlash qurilmalari xududlaridagi yulaklar, metall konstruktsiyalar, maydonchalar va inshootlarni tartibga keltirish va daraxtlarga ishlov berish ishlari amalga oshirildi.
Prezidentimizning olib borayotgan oqilona siyosati tufayli, dunyo ahlining mamlakatimizga qiziqishi yanada ortib bormoqda, pirovardida chet ellik ishbilarmonlar, turistlar va mehmonlar tashrif buyurishmoqda, jumladan bizning Shirin shahrimizga ham. Kolaversa stantsiyamizda modernizatsiya ishlarini amalga oshirish uchun Rossiya federatsiyasidan mutaxassislarning kelishi kutilmoqda. Chet elliklarning shahrimiz haqida iliq fikrlar va taassurotlar olishlari uchun kocha va jamoat maskanlarimizni ozoda, korkam va chiroyli tutish xar birimizning burchimizdir. Shunday ekan ezgu niyatlar uchun otkazilayotgan xayrli ishlarda faol ishtirok etish biz uchun sharaf ekanligini unutmasligimiz kerak.



Ro`yxatga qaytish