: A A A
Soliq tizimidagi yangi isloxotlar

06.02.2019 14:26:00

Soliq tizimidagi yangi isloxotlar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 26 dekabrida “ Ozbekiston Respublikasining 2019 yilgi asosiy makroiqtisodiy korsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari hamda 2020-2021 yillarga byudjet moljallari togrisida” PQ-4086 sonli qarori tasdiqlandi. Ushbu Qarorga asosan soliq tizimiga koplab ozgartirishlar kiritildi. Nafaqat soliq tizimidagi xodimlar yoki hisobchilar, balki eng pastki qatlamdagi yakka tadbirkorlar, ishchi-xodimlar uchun xam muhim ozgartirishlar kiritildi. Joriy etilayotgan yangi soliq kontseptsiyasining eng asosiy goyasi soliq yukini kamaytirish, sodda va barqaror soliq tizimini qollashdan iboratdir. 2019 yil 1 yanvardan bir qator soliqlarning amaldagi stavkalari pasaytirildi, bir nechta soliq stavkalari va tolovlar bekor qilindi, yangi normalar joriy etildi.
2019 yil 1 yanvardan bekor kilingan soliq stavkalari:
- Fukarolarning byudjetdan tashqari Pensiya jamgarmasiga sugurta badali - 8%;
- Yagona soliq tolovi va yagona ijtimoiy tolovning eng kam miqdorlari ;
- Maqsadli jamgarmalariga tovar aylanmalaridan tolanadigan majburiy ajratmalar - 3,2 %;
- Foydali xizmat muddati tugagan, toliq eskirgan uskunalardan foydalanish uchun tolovi - 0,25%;
- Qoshimcha hisoblangan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligi va yagona ijtimoiy tolovi summasi.
2019 yil 1 yanvardan pasaytirilgan soliq stavkalari:
- Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligi
7,5-16,5- 22,5 % shkala orniga - 12 % stavka belgilandi;
- Divident va foiz korinishidagi daromadlarga soliq
10% stavka orniga- 5 % stavka belgilandi;
- Yagona ijtimoiy tolov (byudjet tashkilotlari va davlat korxonalaridan tashqari)
15% stavka orniga- 12 % stavka belgilandi;
- Foyda soligi - 14% stavka orniga-12 %stavka belgilandi;
- Yuridik shaxslar uchun mol-mulk soligi
5 % stavka orniga - 2 % stavka belgilandi;
- Amortizatsiya stavkalari
5 % stavka orniga - 3% stavka belgilandi;
8 % tsavka orniga - 4 % stavka belgilandi;
Shuningdek, otgan yil yakunlariga kora, 1 milliard som mahsulot aylanmasiga ega bolgan yoki ega bolishi kutilayotgan barcha xojalik sub'yektlari va yakka tartibdagi tadbirkorlarga 2019 yil 1 yanvardan boshlab qoshilgan qiymat soligi tatbiq etila boshlandi. Maqsad qoshimcha qiymat soligi joriy etilishi natijasida narx-navo oshib ketishining oldini olish, tayyor mahsulot ishlab chiqarishgacha bolgan har bir jarayonda yaratilayotgan qoshimcha qiymatga soliqni joriy etish orqali narxni togri shakllantirish, uning asossiz oshib ketmasligini ta’minlashdan iboratdir.
Ozbekiston Respublikasi Davlat soliq qomitasi va Moliya vazirligining 2019 yil 7 yanvardagi Soliq hisobotining shakllarini tasdiqlash togrisidagi 2019-5, 2-sonli qaroriga asosan soliq hisoboti shakllari soddalashtirildi.
- 2018 yil uchun amalda bolgan yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligi hisob-kitobi soddalashtirilib, 37 qator va 16 ta ilovadan iborat bolgan bolsa, yangi hisob-kitob shakli 18 qator va 8 ilovaga, yani 2 barobarga kamaytirildi.
- Qoshilgan qiymat soligi boyicha soliq hisobotlarining (hisob-kitoblarining) yangi shaklidagi ilovalar soni 9 tadan 5 taga qisqartirildi. Shuningdek, ushbu qaror bilan hisobvaraq-fakturaning soddalashtirilgan shakli ham joriy qilinmoqda.
- Soliq solinadigan baza birxilligi hamda hisobot shakllarini toldirishda soliq tolovchilarning vaqtini tejash maqsadida Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligi va yagona ijtimoiy tolov hisob-kitobi birlashtirildi.
- Ozbekiston Respublikasidan tashqarida olingan dividend va foizlar korinishidagi daromadlardan tolanadigan foyda soligining hisob-kitob malumotnomasi soddalashtirildi.
Soliq siyosatidagi ozgarishlarga kora, endi vaziyat tubdan ozgardi: soliq yuki keskin kamaytirilib, sodda, shaffof, muhimi, ish beruvchi uchun ham, ishlovchi uchun ham birdek adolatli stavka belgilandi.
Amalga oshirilayotgan islohotlar mamlakatimizda ochiq-oshkora va adolatli soliq tizimini yaratishga, shuningdek, fuqarolarimizning ongli ravishda soliqlardan qochishga emas, balki, soliqlarni oz vaqtida tolash fuqarolik burchlari ekanligini, davlat byudjetiga kelib tushayotgan mablag aholi farovonligi uchun sarflanishini anglab yetishlariga xizmat qiladi.

Zero, Adolatli soliq tizimi - farovonlik garovidir.


Ro`yxatga qaytish