Umumxalq hayriya hashari
04.02.2019 08:58:00
Umumxalq hayriya hashari
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 22-yanvaridagi 40-F sonli Farmoyishini bajarish, Orolbo‘yidagi ekologik halokat oqibatlarini yumshatishga qaratilgan ishlarni amalga oshirish uchun Viloyatimizda obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlariga har qachongidan ham ko‘proq e’tibor qaratilmoqda.
Xalqimizga hos bag‘rikenglik, o‘zaro hamjixatlik, saxovatlik va mexr-oqibat kabi ezgu fazilatlarni yanada yuksaltirish, yoshlar qalbida keksa avlod vakillariga izzat-ikrom, hurmat va ehtirom tuyg‘ularini yanada mustahkamlash, qishloq va shaharlardagi mahallalar hududlarini, aholi turar – joylarini obodonlashtirish, tartibga keltirish maqsadida Respublikamizda 26 yanvar shanba kuni umumxalq xayriya xashari bo‘lib o‘tdi.
Hasharda 876 nafar “Sirdaryo IES” AJ ishchi xodimlari ishtirok etdilar, aksariyat hasharchilarni yoshlar tashkil etdi. Ko‘pchilikning kuchi bilan 33 tonna maishiy chiqindilar chiqarildi, 49 gektar maydon obodonlashtirildi, 135 tup manzarali, 156 tup mevali, va 500 dan ortiq gul ko‘chatlarining taglari yumshatilib, sug‘orildi, ko‘cha va xiyobonlar tozalandi.
Hasharga korxonamizdan 26 ta texnika vositasi jalb qilindi. Mehnat, shijoat, mehr-muruvvat, quvonchu shodliklarning birligi sifatida xalqimizning qadriyatiga aylangan hashar uyushqoqlik bilan o‘tkazildi.
