: A A A
Aloqa bolimida olib borilgan ishlar.

31.01.2019 11:51:00

Aloqa bolimida olib borilgan ishlar.

So’nggi yillarda stansiyamizda katta ozgarishlar kuzatilmoqda. Bu ozgarishlarni aloqa bo'limimiz misolida keltirib o'tishimiz mumkin. Birinchi misol: 1986 - yildan buyon "KORDINATKA-100/2000" rusumli telefon stansiyasi ishlatilib kelinmoqda edi. Aloqa sifatining yomonlashganligi, extiyot qismlarini yetishmovchiligi va asosiysi zamon talabiga javob bermasligi tufayli aloqa vositalarini sifatini yanada oshirish uchun yangi zamonaviy telefon stansiyasi o'rnatildi. Rossiya Federatsiyasida ishlab chiqarilgan zamonaviy telefon stansiyasi 2016 - yilda o'rnatildi. Yangi telefon stansiyasi o'rnatilgandan so'ng korxonadagi aloqa vositalari sifati sezilarli darajada o'zgardi.
Shuningdek, stansiyamizda tezkor ishchi xodimlariga bosqichma - bosqich eski kommutatorlar o'rniga yangi ""Panasonik KX - TES 824" rusumli kommutatorlar o'rnatilmoqda. Abonentlarni ulab beruvchi xodimlarimizga ham yangi rusumli "Siemens" kommutatori o'rnatib berildi. Bu zamonaviy kommutatorlarni o'rnatilishi bilan ish samaradorligini oshirish maqsadida ya`ni oldingi kommutatorlarda bitta abonentni ulash imkoniyati mavjud bo'lgan bo'lsa xozirda bir nechta abonenlarni ulash imkoniyati mavjud.
Uzoq masofadan kelayotgan magistral tarmoqlarimiz ham zamonaviy optik tolali tarmoqlariga bosqichma - bosqich almashtirilmoqda.

Ro`yxatga qaytish