: A A A
Sirdaryo IES AJda xodimlarini kasbga tayyorlash togrisida.

22.01.2019 16:57:00

Sirdaryo IES AJda xodimlarini kasbga tayyorlash togrisida.

Bizning korxonamiz ishlab chiqarish quvvati bo‘yicha mamlakatimizda qolaversa Orta Osiyoda eng yirik korxona bolib, Ozbekistonda ishlab chiqarilayotgan elektr energiyaning 33% ni tashkil qiladi. Bizning korxonamizda ishlatiladigan texnikalar murakkabligi sababli, hamma ham bizning korxonada ishlash imkoniyatiga ega emas. Korxonada ishlash uchun energetika sohasi boyicha orta-maxsus yoki oliy ta’limni tamomlagan mutaxassislar suhbat asosida ishga qabul qilinadi. Ishga qabul qilingan har bir xodim yuqori malakali mutaxassislarga biriktirilib, “Ustoz-shogird” ananalari va Energetika ishlab chiqarish korxonalarida xodimlar bilan ishlashni tashkil qilish qoidalariga asosan tayyorgarlik ishlarini olib boradi. Energetika sohasida mutaxassis bolib yetishish uchun bir necha yillar davomida ozining bilim saviyasini tinimsiz oshirib borish natijasida erishish mumkin.
Mamlakatimizda xodimlarini kasbga tayyorlash, kasbiy malakasini oshirish va kelgusida yetuk mutaxassislar tayyorlash boyicha bir qator ishlar olib borilayotgan bir vaqtda davlat miqyosida bolgan tashkilot Sirdaryo IES aktsiyadorlik jamiyatida ham bu ishlarni jadal amalga oshirish borasida korxona tarkibida Xodimlar tayyorlash markazi faoliyat yuritib kelmoqda.
Mazkur markazning asosiy maqsadi va vazifalari korxona ishchi xodimlarini kasbga tayyorlash, kasbiy malaka va konikmalarini oshirib, ishlab chiqarishda uskunalarni toxtovsiz, ishonchli va mustahkam ishlashini taminlab, mustaqil vatanimizni rivojlanishi uchun zarur bolgan elektr energiya ishlab chiqarishda yuqori natijalarga erishishdan iborat.
Markaz oz oldiga qoygan maqsadlarni amalga oshirish maqsadida Ozbekenergo AJga qarashli Xodimlar tayyorlash markazi MChJ, Toshkent Davlat Texnika Universiteti, Shirin energetika va maishiy kasb-xunar kolleji va Sanoatgeokontexnazorat DI qoshidagi Kontexnazoratoquv Ilmiy texnik markazi bilan uzviy aloqalar olib bormoqda.
Korxonadagi energobloklarni modernizatsiya qilinishi natijasida, yangi ornatilgan uskunalarni ekspluatatsiya qilish uchun, korxonamiz mutaxassislarini kasbiy malakasini oshirish maqsadida chet ellarda oqitish va chet el korxonalarida stajirovkalar otkazish zarurati mavjud edi.
Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish boyicha «El-yurt umidi» jamgarmasining dasturlari boyicha kadrlarni oqitishni tashkil etishni yanada takomillashtirish maqsadida, xorijdagi yetakchi universitetlar, ilmiy markazlar va boshqa tashkilotlarda kadrlarni tayyorlash, malakasini oshirish va stajirovkadan otkazish tizimini yanada takomillashtirish, ijtimoiy soha, davlat boshqaruvi va iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarining yuqori malakali mutaxassislarga bolgan osib borayotgan ehtiyojlarini qondirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish, shuningdek, Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish boyicha El-yurt umidi jamgarmasi faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida, Ozbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 4 yanvardagi PQ-4091 qarori oz vaqtida qabul qilinganligi, korxonamiz ishchi xodimlari, mutaxassislari va rahbar xodimlari ortasida qizgin muzokaralar asosida kutib olindi va organib chiqilib bir ovozdan maqullandi.
Bu qarorni ijrosini taminlash maqsadida, korxonamizda bir qator ishlar amalga oshirila boshlandi. El-yurt umidi jamgarmasi dasturlari orqali xorijda talim olish uchun korxonamiz tomonidan quyidagi yonalishlar boyicha malakasini oshirish rejalashtirilmoqda:
- Energetika yonalishi boyicha doktaranturada 1 kishini, magistraturada 4 kishini oqitish;
- Chet eldagi ishlab chiqarish korxonalarida 1 kishini malakasini oshirishga va 2 kishini stajirovkaga yuborish;
- Elektroenergetika yonalishi boyicha magistraturada 2 kishini oqitish;
- Chet eldagi ishlab chiqarish korxonalarida 1 kishini malakasini oshirishga, Ishlab chiqarish va texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish yonalishi boyicha 2 kishini malakasini oshirish;
- Axborot texnologiyalari va axborotni yetkazish yonalishi boyicha 1 kishini magistraturada va 1 kishini chet el korxonalarida malakasini oshirish.


Ro`yxatga qaytish