: A A A
Modernizatsiyadan ruxlangan elektr tsexida olib borilayotgan ishlar

10.01.2019 15:02:00

Modernizatsiyadan ruxlangan elektr tsexida olib borilayotgan ishlar

Tobora yuksak cho‘qqilarga kotarilayotgan hozirgi texnika va texnologiya davrida dunyo davlatlari iqtisodiyotining barcha sohalarini elektr energiyasiz tasavvur qilib bolmaydi. Jumladan, bizning respublikamizda ham davlatimiz rahbari tomonidan olib borilayotgan islohotlar zamirida iqtisodiyotni tubdan ozgartirish kozda tutilgan bolib, oz ichiga albatta energetika sohasini ham oladi. Shunday ekan, Ozbekiston energetikasi oldida yangi elektr energiyasi ishlab chiqarish korxonalarini yaratish, faoliyatda bolganlarini esa samaradorligini oshirish maqsadida, yangi zamonaviy jihoz va qismlarga almashtirish vazifasi turadi. Ushbu ma’suliyatli vazifani bajarish, albatta «Ozbekenergo» aktsiyadorlik jamiyati zimmasiga tushishi shubhasizdir.
Vazifani bajarishda Ozbekenergo AJ tomonidan kozlangan maqsadlardan biri Sirdaryo IES aktsiyadorlik jamiyatini toliq modernizatsiya qilishni yoqlab chiqish boldi va bunga erishildi. Davlatimiz rahbari tomonidan Sirdaryo IES AJni bosqichma bosqich toliq modernizatsiya qilishni qollab quvvatlanishi, korxonamiz ishchi xodimlari va xizmatchilarini, qolaversa butun Shirin shahri aholisini ruhlantirib yubordi. Buning uchun prezidentimizga elektr seximiz rahbariyati va ishchi xodimlari tomonidan minnatdorchilik bildiramiz.
Elektr sexi jamoasining barcha bolimlarida oz kasbining mohir ustalari mehnat qilishmoqda. Seximizga yuqori bilim va amaliyot malakasiga ega bolgan A. Emirveliyev boshchilik qilmoqda. U sexning muhandis texnik xodimlari va yosh mutaxassislariga elektrik kasbining sir asrorlarini orgatib kelmoqda. Jamoada modernizatsiya ishlarini bajarish uchun malakali mutaxassislar yetarli. Xullas, sexda ichki mutadil muhit yaratilganki, albatta jamoa modernizatsiya ishlarida faol ishtirok etib, oldimizga qoyilgan masuliyatli vazifani bajarishga oz xissasini qoshadi.
Korxonamizda allaqachon 3 va 4 energobloklarni modernizatsiya qilish ishlariga tayyorgarlik boshlab yuborilgan, yani elektr qismi boyicha amalga oshirilishi uchun kerakli xujjatlar va korsatmalar loyihalash institutlariga taqdim etilgan bolib, ishlar tugallanish arafasida. Bu loyihani Toshkent shaxrining Issiqlikelektrloyiha aktsiyadorlik jamiyati, seximiz rahbariyati bilan kelishilgan holda amalga oshirmoqda. Shu bilan birgalikda stantsiyamiz hududiga Rossiyaning Sankt-Peterburg shahri Silovie mashini aktsiyadorlik jamiyatidan eng zamonaviy yangi jihoz va qismlar kirib kelmoqda. Seximiz tomonidan ushbu jihoz va qismlarni modernizatsiya boshlangunga qadar ishonchli saqlash borasida ishlar olib borilmoqda. Kerakli hujjatlar korib chiqilib, yangi jihoz va qismlarning ishlash printsiplari va yoriqnomalari bilan tanishilmoqda. Shu bilan birga, yangi jihoz va qismlarning stantsiyamiz qurilmalariga mutanosibligi organilmoqda va bu borada Silovie mashini AJ bilan hamjihatlikda fikr almashish uchun muloqotlar olib borilmoqda.


Ro`yxatga qaytish