: A A A
O'zbekistonda atom energetikasining istiqbollari

11.01.2019 10:43:00

O'zbekistonda atom energetikasining istiqbollari

Hammaga ma’lumki, atom energiyasi tabiatda yulduzlardan ajraladi. Hozirgi kunda atom energiyasi yordamida elektr energiya ishlab chiqarish dunyoning bir nechta davlatlarida yo‘lga qoyilgan. Shu jumladan, AQSh, Belgiya, Vengriya, Germaniya, Fransiya, Xindiston, Eron, Yaponiya, Rossiya va boshqa davlatlarda atom elektr stantsiyalaridan foydalanib kelinmoqda.
Atom energiyasidan elektr energiya ishlab chiqarish uchun, uran 235 izotopining yadrosini neytronlar bilan bolish orqali issiqlik energiyasi ishlab chiqariladi va ushbu issiqlik energiyasi atom elektr stantsiyasi tizimidagi suvni bugga aylantirish yoli bilan bug turbinasida kinetik energiyasiga aylantiriladi. Bug turbinasidagi kinetik energiyasi esa generator rotorini aylantirib elektr enegiya ishlab chiqaradi. Atom elektr stantsiyasi va issiqlik elektr stantsiyalaridagi asosiy farq, ishlatiladigan yoqilgilarda, yani atom elektr stantsiyasida uran yoqilgisidan foydalanilsa, issiqlik elektr stantsiyalarida tabiiy gaz, komir, mazut va boshqa qazib olindigan tabiiy resurslaridan foydalaniladi.
Mamlakatimizdagi mavjud qazib olinadigan yoqilgi resurslarining zahiralari cheklangan muddatga yetishini inobatga olib, Respublikamiz Prezidenti va qator atom energiyasi boyicha mutaxassilar Ozbekiston energetikasida uran yoqilgisidan foydalanib elektr energiyasini ishlab chiqarishni ham yolga qoyish tashabbusi bilan chiqishdi.
Shu maqsadda Rossiyaning “RosAtom” davlat korporatsiyasi xamkorligida Atom Elektr Stantsiyalarida joriy etilayotgan songgi 3 avlodli 2 ta VVER-1200 rusumli reaktorlardan iborat bolgan atom elektrostantsiyasi Ozbekistonda qurilishi moljallangan.
2018 yilning 19 oktyabr kuni Ozbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ozbekiston Respublikasida birinchi AES qurilishi loyihasining amalga oshirilishiga start berishlari nafaqat mavjud ishlab chiqarilayotgan uran resurslaridan oqilona foydalanish, balki kelajakdagi elektr energiyaga bolgan talabni tola qondirish va Parij iqlim kelishuvi asosida atomosferaga karbonat angidrid gazlarini tashlamasdan elektrenergiya ishlab chiqarishni ham yolga qoyishdir (Uzatom matbuot xizmati, 2018).
Bu degani qoshimcha umumiy 2400 MVt elektrquvvati elektrenergetika tizimiga yillik 16 mlrd kVt*s elektr energiya bilan hissa qoshishi va yillik 2,4 mlrd metr kub tabiiy gaz iqtisod qilishi mumkin. Bunday natijalarga erishish uchun atom elektr stantsiyasini boshqarishda Halqaro Atom Energiyasi Agentligining (rus tilida MAgAtE) xavfsizlik sohasidagi talablariga muvofiq nazariy va amaliy konikmalarga ega bolish talab qilinadi. Shunga muvofiq 2018 yilning 19 oktyabrida Rossiya va Ozbekiston ortasida xamkorlik va Ozbekiston atom energetikasi uchun kadrlarni tayyorlash memorandumi imzolangandi (Uzatom matbuot xizmati, 2018). Bu yonalishda Ozbekiston Milliy Universiteti qoshida atom energetikasi doirasida jahon talablari asosida maxsus tayyorlash kursini tashkillashtirish ishlari va 39 ta Ozbekistonlik talabalar Moskva Muxandislik Fizika Institutining bakalavr, magistratura va mutaxassislik kurslarida tahsil olishi boshlangan.
Hozirgi vaqtda Ozbekiston uran ishlab chiqarish boyicha jahonda yettinchi orinda onta yetakchi uran ishlab chiqaruvchi davlatlar royhatidan joy olgan. (WEC, 2016). Hulosa qilib shuni aytish mumkinki, Ozbekiston atom energetikasini rivojlantirish nafaqat Ozbekiston uchun qoshimcha elektrenergiya ishlab chiqarishni beradi, balki kelajakda Ozbekiston energetikasini barqaror rivojlanishiga ham hissa qoshadi.


Ro`yxatga qaytish