: A A A
Diagfragmalarni davlat qiyoslovidan o'tkazish to'g'risida

09.01.2019 10:30:00

Diagfragmalarni davlat qiyoslovidan o'tkazish to'g'risida

“Sirdaryo IES” AJ o‘z faoliyati davomida asosiy yoqilgi sifatida tabiiy gazdan foydalanadi. Foydalaniladigan tabiiy gazni Sirdaryo viloyati boyicha gaz ta’minoti hududiy filiali Shortan-Sirdaryo magistral gaz quvuri orqali Shirin gaz taqsimlash stantsiyasi tomonidan yetkazib beradi. Elektr energiya ishlab chiqarish jarayonida xarajatlarning 85 % ni ushbu yoqilgi resursi tashkil etadi va istemol qilingan tabiiy gazning ozaro hisob-kitobini togri va aniq olib borilishi dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Buning uchun esa oz navbatida olchov vositalarining aniq ishlashini taminlab borish zarur.
Shu munosabat bilan Sirdaryo viloyati boyicha gaz taminoti hududiy filialining 05.01.2019 yildagi 02.01.14/28-sonli xatiga asosan, 2019 yil 8 yanvar kuni Zirabuloq MGQB Samarqand TTXKB, Sirdaryo viloyati boyicha gaz taminoti hududiy filiali, Shirin shahar MIB, Sirdaryo sinov va sertifikatlashtirish markazi va Sirdaryo IES AJ metrologiya xizmati xodimlari ishtirokida Shirin GTSdagi 3, 4, 5, 6, 7, 8 - sonli olchov ustunchalariga ornatilgan toraytiruvchi qurilmalarning diafragmalari navbatdagi davlat qiyoslovidan otkazildi.
Ushbu diafragmalar tabiiy gaz istemoli hisobini yuritishda muhim ahamiyatga ega va yilda bir marotaba davlat qiyoslovidan otkazib borish talab etiladi. Qiyoslov jarayonida diafragmalarning GOST 8.586-2:2005 talablariga mos kelishligi korib chiqildi va Sirdaryo sinov va sertifikatlashtirish markazi tomonidan qiyoslov sertifikati berildi.


Ro`yxatga qaytish