: A A A
Korxonada 2018 yil 14, 15, 16 - noyabr kunlari o'zbek tili va adabiyoti o'qituvchi mutaxassislar tomonidan ommaviy diktant o'tkazildi.

05.12.2018 08:43:00

Korxonada 2018 yil 14, 15, 16 - noyabr kunlari o'zbek tili va adabiyoti o'qituvchi mutaxassislar tomonidan ommaviy diktant o'tkazildi.

Korxonada 2018 yil 14, 15, 16 - noyabr kunlari xodimlarning savodxonligini oshirish maqsadida Shirin shahar xalq talimi bo'limidan 3 nafar o'zbek tili va adabiyoti o'qituvchi mutaxassislari tomonidan ommaviy diktant o'tkazildi.
Ommaviy diktant yozishda korxonamiz ishchi xodimlaridan 1356 kishi ishtirok etishdi. Diktant o'tkazish ishlari yuqori saviyada wolib borildi. Yozilgan diktantlar Shirin shahar xalq ta`limidan tashrif buyurgan mutaxassislar tomonidan a`lo, yaxshi hamda qoniqarli baholarga baholandi. Ommaviy diktant o'tkazish bo'yicha, diktantni a`lo baholarga yozgan xodimlarni diktantlari birma-bir to'liq o'rganib chiqilib, atroflicha muhokama etildi, ularning ichidan eng yaxshi yozilganlari tanlab olindi, bular:
1-o'rin uchun, Ishlab chiqarishni sozlash va texnik xisob-kitob bo'limidan O. Qosimova va xisobxonadan N. Lisutochkina;
2-o'rin uchun, Markaziy tamirlash tsexidan N. Ergasheva va Yoqilg’i transport tsexidan X. Maxmudovalar;
3-o'rin uchun, Axborot texnologiyalari bo'limidan S. Ibodullayeva va Xodimlarni boshqarish bo'yicha bo'limidan E. Akramovalardir.
Muhokama natijalari, bildirilgan fikr va mulohazalardan kelib chiqib, yuqoridagi 1, 2, 3 - o'rinlarni egallagan xodimlar korxonamizning kasaba uyushmasi qo'mitasi tomonidan esdalik sovg'alar bilan taqdirlandilar.


Ro`yxatga qaytish