: A A A
Sirdaryo IES AJning Yoqilgi transport tsexida Obod tsex taklifining bajarilish jarayoni togrisida.

02.07.2018 11:00:00

Sirdaryo IES AJning Yoqilgi transport tsexida Obod tsex taklifining bajarilish jarayoni togrisida.

2018 yil 17 aprelida «Sirdaryo IES» AJning kichik majlislar zalida korxonaning Bosh direktori tomonidan o‘tkazilgan yigilish bayonnomasi kun tartibida Yoqilgi transport tsexini “Obod tsex” darajasiga yetkazish taklifi kiritilgan edi. Ushbu taklifga asosan tsexda 272, 279 - sonli farmoyishlar ishlab chiqildi va chora-tadbirlar tuzilib, kozda tutilgan ishlar reja asosida olib borildi.
Rejaga kora Yoqilgi transport sexi (YoTTs) ning asosiy bino va inshootlari biriktirilgan xududlari estetik holatini tiklash boyicha ta’mir va obodonlashtirish ishlarini amalga oshirish uchun qator vazifalar belgilangan edi. Hozirgi kungacha quyidagi ishlar:
1. Barcha quvurlarning jami – 280 p.m. (pogonometri) teploizolyatsiya qilindi, metall va asbestli qorishma bilan qoplandi;
2. YoTTs mazut tokish-quyish estakadasi armaturalari boyaldi, ustunlari oqlandi va estetik holati soz holga keltirildi;
3. Adgezion kaskad separatsiyasidan (AKS) biologik tozalash qudugigacha (PBD) bolgan ø273x8mmli quvurning 32 p.m. qismi;
- ø219x8mm YOngin xavfsizligi suvi quvurining 22 p.m. qismi;
- ø325mmli 3,4-sonli bug quvurining - 135 p.m. qismi yangilandi;
4. 7 - sonli asosiy sigimi tamirlandi;
5. 1,2 - sonli MSX binolari oyna romlari Akfa va yogoch oyna romlarga almashtirildi va tom qismi folgaizol materiali bilan qoplandi;
6. YoTTsning xududi quruq otlardan tozalanib, kokalamzorlashtirish ishlari yolga qoyilmoqda.
Bu loyiha bilan YoTTsning kuz - qish mavsumiga tayyorgarligi taminlanmoqda. Ushbu jarayonni bajarilishida Sirdaryo IES AJ raxbariyati bosh qosh bolishmoqda. Bir soz bilan aytganda mamlakatimizning barcha viloyat va shaxarlarini xar kuni uzluksiz elektr energiya bilan taminlashda korxona Obod tsexi oz orniga ega.


Ro`yxatga qaytish