: A A A
"O'zbekenergo bilan muloqot" kanali ochilgani to'g'risida

"O'zbekenergo bilan muloqot" kanali ochilgani to'g'risida 14.03.2018 15:56:00

"O'zbekenergo bilan muloqot" kanali ochilgani to'g'risida

"O'zbekenergo" AJ ning "Telegramm" messenjeridagi
"O'zbekenergo bilan muloqot" kanali ochilgani to'g'risida.

E`tibor bergan bo'lsangiz, oxirgi vaqtda ommaviy axborot vositalari orqali aholini uzluksiz elektr energiyasi bilan ta`minlash masalasidagi yuqori davlat organlariga bo'layotgan murojaatlari kamayib borayotganligi ta`kidlanmoqda.
Haqiqatan, so'nggi paytda "O'zbekenergo" AJ mutasaddi vakillarining tinimsiz mehnati bilan sohada bir muncha o'zgarishlar yuz berdi.
Shulardan biri - jamiyat rahbariyati hamda iste`molchilar o'rtasida qulay va yengil aloqa kanali ochilgani bo'ldi. "O'zbekenergo" rahbariyati kelgusida sifatli, aniq va rejali ishlarni davom ettirish maqsadida iste`molchilarga ochiq murojaat yo'lladi.
Elektr energiyasi bilan bog'liq muammo va kamchiliklarni bartaraf etish, takliflarni o'rganish maqsadida "O'zbekenergo" aksiyadorlik jamiyati xalq bilan muloqot qilinishni yanada osonlashtirdi.
Endi respublikamiz axolisi "Telegram" messenjerida "O'zbekenergo bilan muloqot" kanali orqali energetika yangiliklari bilan tanishib borishlari va o'zlarining murojaatlarini Telegram messenjeridan @uzbekenergo_admin linkni topib "O'zbekenrgo" AJga yo'llashlari mumkin.
Yo'llangan murojaatlar shaxsan "O'zbekenergo" AJ boshqaruv raisi nazoratida o'rganib chiqiladi va batafsil javob qaytariladi.

Ro`yxatga qaytish