: A A A
Sirdaryo IES AJ da 2017 yilda jamoa shartnomasi bajarilishi yuzasidan yigilish otkazildi.

12.03.2018 13:58:00

Sirdaryo IES AJ da 2017 yilda jamoa shartnomasi bajarilishi yuzasidan yigilish otkazildi.

Mehnat jamoasi konferensiyada quyidagi masalalar kun tartibiga kiritildi:
1. “Sirdaryo IES” AJ ma’muriyati va kasaba qo‘mitasining 2017 – 2019 yillar uchun tuzilgan jamoa shartnomasini 2017 yilda bajarilishi haqidagi hisobotlari.
2. 2017-2019 yillar uchun tuzilgan jamoa shartnomasiga qoshimcha va ozgarishlar kiritish haqida.
Konferensiyada prezidiumiga S.S.Tuxtayev - Ozbekiston Energetika xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi raisi orinbosari, M.Shaimov "Sirdaryo IES" AJ Bosh direktori, Sh.I.Mirzabekov Sirdaryo hududiy elektr tarmoqlari kasaba uyushmasi qomitasi raisi, S.Sh.Yaribekov - Sirdaryo IES AJ kasaba uyushmasi qomitasi raisi saylandilar.
Kun tartibidagi birinchi masala boyicha "Sirdaryo IES" AJ Bosh direktori M.Shaimov va kasaba uyushmasi qomitasi raisi S.Yaribekovlarni jamoa shartnomasini 2017 yilda bajarilishi haqidagi hisobotlari tinglandi. Shundan song Yoqilgi transport tsexi kasaba qomitasi raisi B.Qosimov., Markazlashtirilgan tamirlash tsexi kasaba qomitasi raisi I.Miraxirovlar sozga chiqib ularning hisobotlari tinglandi.
Kun tartibidagi masala yuzasidan kasaba uyushmasi qomitasi raisi S.Yaribekov sozga chiqib, Ozbekenergo aksiyadorlik jamiyati va Ozbekiston Energetika xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashining 2018 yil 9 fevral kunidagi 76-11-1 s sonli 2017-2019-yillar uchun tuzilgan tarmoq (tarif) kelishuviga qoshimcha kiritish togrisidagi qoshma qaroriga muvofiq, "Sirdaryo IES" AJ jamoa shartnomasiga qoshimchalar kiritildi va mehnat jamoasi konferensiyasi delegatlari tomonidan tasdiqlandi.
Shu bilan kun tartibidagi barcha masalalar korib chiqildi va tegishli qarorlar qabul qilindi.
Ozbekiston Energetika xodimlari kasaba uyushmasi qomitasi raisi S.Toxtayev jamoa shartnomasi 2017 yilda bajarilishi yuzasidan qoniqarli olib borilganligini aytib otdi.


Ro`yxatga qaytish