: A A A
So'nggi yangiliklar va tadbirlar

Nurchilar faxrimiz shiori ostida bayram tadbiri bolib otdi 29.12.2017

Nurchilar faxrimiz shiori ostida bayram tadbiri bolib otdi

2017 yil 22 dekabrda an’anaga aylangan “Energetiklar kuni” bayrami munosabati bilan katta majlislar zalida rahbar xodimlar, faollar ishtirokida bayram tadbiri tashkil etildi.
Tadbirni ishlab chiqarish bo‘yicha direktor vazifasini vaqtincha bajaruvchi Jahongir Qirgizboyev, korxona kasaba uyushmasi qomitasi raisi Saidbay Yaribekovlar olib bordi.
Bayram munosabati bilan Ozbekenergo AJ rahbariyati va korxona rahbarining tabriklari tadbir ishtirokchilariga oqib eshittirildi.
Shundan song kasb bayrami bilan rahbariyat tomonidan taqdirlanganlar tabriklanib, ularga faxriy yorliqlar topshirilib, tashakkurnomalar elon qilindi.
Shu kuni Yoshlar ittifoqi boshlangich tashkilotining yangi xonasi va stansiya muzeyining ochilish marosimlar ham bayram tadbiriga ulanib ketdi.
Bayramning barcha tafsilotlari Sirdaryo viloyati teleradiokompaniya muxbirlari tomonidan efirga uzatish uchun tasvirlarga olindi.


Ro`yxatga qaytish